8e7e86c2f711c5c521ff4846c5676662.ppt
- Количество слайдов: 28
Мактабгача таълим муассасаларида Ахборот коммуникацион техникаларининг мақсад ва вазифалари ва улардан фойдаланиш
• 1. Multimedia nima? • 2. Multimediali mashgulotlarining tarbiyalanuvchi shaxsiga ta’siri qanday? • 3. Multimediali mashgulot loyihasini tuzishda qanday ishlarni amalga oshirasiz? • 4. Multimediali mashgulot va oddiy mashgulot farqlari nimada?
Multimedia guruh xonalariga matbuot, televideniya, radio, kino, video va internetlar olib kirilmoqda. Bularning barchasi media darslar nomi bilan ta’lim jarayonini tashkil etishga yordam bermoqda.
Xozirgi kunda yaratilayotgan ko’pgina elektron ta’lim resurslari axborotlarning turli-tuman tiplari bilan ishlashga yo’naltirilgan. O’z ishlarini unumdorligini oshirish maqsadida pedagogkadrlar ularga rasmlar, fotosur’atlar, tovushli fragmentlar va albatta, animatsiya va video kiritishga harakat qiladi. Resurs va texnologiyalarga muvofiq tavsiflanuvchi zamonaviy so’z “multimedia” ta’limda keng yoyildi va pedagoglar tomonidan o’z ishlarini amalga oshirishda foydalanilmoqda.
Shu munosabat bilan maktabgacha ta’limga media mashgulotlar kiritilmoqda. Media mashgulotlarning qanday metodik imkoniyatlari bor va ular qanday afzalliklarga ega:
O`quv jarayonida mashgulot sifati, samaradorligini oshirishga yordam beradi. Bunday jarayonda bir vaqtni o`zida o`qituvchi nazariy axborotlarni berish bilan materiallarni yuqori darajadagi zamonaviy texnika vositasida namoyish etish imkoniyatiga ega bo`ladi. O`quv obektlarini va voqealarini modellashtiradi, uni avtomatik ravishda namoyish etadi. Tasvirni tushiradi.
O`quv mehnati faoliyatlarini tashkil etishda kompyuter texnikalarini qo`llash, foydalanish imkoniyatini tug`diradi. Shaxsan o`zlari o`quv materialini amaliyotda sinab, bajarib borish imkoniyatiga ega bo`ladilar. O`quvchining yakka tartibda ishlagan holda qiziqish va ijodiy ishlarini takomillashtirish imkoniyati yaratiladi.
Multimedia texnikasi ularning o`quv mazmunini o`zlashtirishlariga qiziqishini yanada oshiradi. O`quvchida ko`rgazma obrazli ta`sirda fikr yuritishga, motorik va verbal kommunikativ ko`nikmalarning shakllanishiga olib keladi.
Axborot bilan ishlash, axborot qidirish, zarurlarini ajrata bilish, qayta ishlash, tartibga solish. Axborotlardan mazmunini tushinish, mantiqiy yaqinlarini ajratishga o`rganadi. Shular asosida axborotni olish madaniyati shakllanadi Mediata’limning bosh maqsadi – asosiy qonunlarni tushinishga yordam berish, oddiy yo`nalishlardagi media axborotlar tilini o`rganish; o`quvchini badiiy o`sishi, rivojlanishiga hissa qo`shish, media tekstlarni malakali tahlil eta olish, o`rgatish va qabul qilish ko`nikmasini shakllantirishdan iboratdir.
Media darslar kompyuterlashtirilgan sinflarda, multimediani proektorlar bilan jihozlashda o`tkaziladi. • Bu darslarni tashkil etishning o`ziga yarasha sanitar-gigiyenik me`yorlari, uzluksiz ishlash me`yorlari mavjud. • Katta va tayyorlov guruhlarida 10 minutdan oshmasligi kerak
• • • Kompyuter qurilmalarini ikkiga bo’lish mumkin: Asosiy qurilmalar Monitor Klaviatura Protsessor Qo’shimcha qurilmalar Printer Sichqoncha Skaner Modem va boshqalar
Monitor (displey) – matnli va grafikli ma’lumotlarni ekranda tasvirlab beruvchi qurilma. Hozirda kompyuterlar uchun asosan ikki xil ko’rinishdagi monitorlardan foydalanilyapti: elektron nur trubkali va suyuq kristalli. Elektron nur trubkali
Suyuq krisstalli
Plazmali
Klaviatura- ma’lumotlarni kiritish va kompyuterni boshqarish uchun ishlatiladi.
Sistemali blok (Protsessor) ichda kompyuterning asosiy ish jarayonlari amalga oshadi. Sistemali blok motherboard, CPU, video xotira, ovoz krtasi, qattiq disk, tezkor xotira, tarmoq kartasi unda joylashadi
“Sichqon”- kompyuterni boshqarishda yordam beradi.
Printer – bosmaga chiqarish, yani Monitor ekranidagi ma'lumtlarni qog'ozga chop etish uchun hizmat qiladi. Printer uch turga bo'linadi, Lazerli (Laser Jet), Purkovchi (Desc Jet) va matritsali (ignali)
Skaner – Kompyuterga tasvirni tushirish, ya’ni qog'ozdagi ma'lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish uchun xizmat qiladi.
Modem – telefon liniyasi orqali ikki kompyuter orasidagi aloqani o'rnatib beradi. Modemlar ikki turga bo'linadi: tashqi va ichki.
E’tiboringiz uchun rahmat!
8e7e86c2f711c5c521ff4846c5676662.ppt